Har bir murojaat e’tiborda
2026-09-02 15:05:00 / Yangiliklar

Har bir murojaat ortida bir insonning muammosi, kutishi va umidi turadi. Shu bois fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini tinglash va muammosiga yechim izlash davlat boshqaruvidagi muhim vazifalardan biridir.
Koson tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Hamza Nazarov navbatdagi fuqarolar qabuli davomida aholi murojaatlarini tingladi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat mazmunan o‘rganilib, ularni hal etish imkoniyatlari va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar muhokama qilindi.




