Murojaatdan yechimgacha: Kosonda navbatdagi fuqarolar qabuli
2026-08-18 11:15:00 / Yangiliklar

Fuqarolar murojaatini tinglash — muammoni eshitish bilangina cheklanmaydi. Muhimi, ko‘tarilgan masala ortidan aniq yechim va natija bo‘lishidir.
Koson tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning navbatdagi bosqichi tashkil etildi. Hokimning birinchi o‘rinbosari Hamza Nazarov, hokim o‘rinbosarlari Shohruh Jo‘rayev va Mirjaxon Jo‘rayevlar ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, unda aholini qiynayotgan masalalar tinglandi.
Qabul davomida murojaatlar mazmuniga alohida e’tibor qaratildi. Har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bu kabi qabullarning ahamiyati shundaki, fuqaro o‘z muammosini bevosita mas’ullarga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi. Rahbarlar esa murojaatni faqat qayd etish bilan cheklanmay, uning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Asosiy mezon — murojaatlar soni emas, ularning qay darajada yechim topayotganidir. Shu jihatdan, Kosonda fuqarolar bilan ochiq muloqot va murojaatlarni nazorat asosida hal etish amaliyoti davom ettirilmoqda.




