Ishchi guruh vakillari 32-DMTTga ham bordi
2026-08-07 15:00:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Respublika ishchi guruhi Koson tumanidagi 32-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasadagi jarayonlarni o‘rgandi.
Tashrif davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan amaliy choralar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.



