Koson tumani prokurorining murojaatnomasi
2026-07-06 14:15:00 / Yangiliklar

Hurmatli tumanimiz ahli !
Tumanimiz hududida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarimizni huquq va erkinliklarini himoya qilish – doimo eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Tumanda 2026 yil 6 oyida umumiy jinoyatchilik jami 413 (236) ta jinoyatlar hisobga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 177 taga yoki 75foizga oshgan.
Mazkur 413 ta jinoyatlarning 255 tasi axborot texnologiyalari sohasidagi, 88 tasi aniqlanadigan va 70 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etdi.
Tumanimizdagi 74 ta mahalladan 3 tasi “qizil”, 19 tasi sariq, 52 tasi yashil toifaga kirdi.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlartenglashgan (70-70) bo‘lsada, ayrim jinoyat turlari salmog‘i yuqoriliga qolmoqda.
Xususan, hisobot davrida firibgarlikjinoyati 10 ta sodir etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshishi kuzatildi.
Jumladan, firibgarlik o‘zganing mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qonunga xilof ravishda va tekin qo‘lga kiritishda ifodalanib, buning taʼsirida mulkdor (uning vakili), mulkning boshqa egasi yoki vakolatli organ mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo‘lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo‘yilishiga imkoniyat beradi.
Firibgarlikda aldash deganda, aybdor tomonidan, bila turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on maʼlumotlar xabar qilinishi yoki ish holati bo‘yicha mulkdor, mulkning boshqa egasiga maʼlum qilinishi lozim bo‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish yoxud bunday shaxslarni yanglishtirishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakatlar tushuniladi.
Firibgarlikda ishonchni suiisteʼmol qilish deganda, aybdorning mulkdor, mulkning boshqa egasi yoki mulkni uchinchi shaxslarga berib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilishga vakolatli boshqa shaxslar bilan ishonchli munosabatlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi tushunilishi lozim. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqei yoki uning jabrlanuvchi bilan shaxsiy yoki qarindosh-urug‘lik munosabatlari sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda firibgarlik jinoyatlarini sodir etish usullari ko‘payib bormoqda.
Bu esa jabrlanuvchi shaxslarning turli xildagi aldov qurboniga aylanib qolishiga sabab bo‘lmoqda.Bu esa, ushbu yo‘nalishdagi profilaktik chora tadbirlar va targ‘ibot tadbirlari yetarli samara bermayotganidan dalolat beradi.
Shu boisdan, firibgarlik jinotlarining oldini olishda huquqni muhoafaza qiluvchi organlarning keng jamoatchilik bilan hamkorligini yana-da takomillashtirish lozimligini, shuningdek, jamoat tuzilmalari va fuqarolarimizning barcha turdagi salbiy ijtimoiy illatlarga bo‘lgan murosasizlik hissini shakllantirish, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish shartini keltirib chiqaradi.
Aziz tumanimiz aholisi !
Firibgarlik jingoyatlarining viktimologik profilaktikasini tashkil qilishda eng avvalo ushbu turdagi sodir etilishi usullari va sodir etilishi sabablari hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, ularni barvaqt oldini olish lozim bo‘ladi.
Eng avvalo fuqarolarimizdan o‘z mol-mulklarini, pul va qimmatbaho buyumlarini qonunda belgilanmagan usulda boshqa shaxslarga berib yuborishdan saqlanishingizni so‘rayman.
Yana bir bor shuni alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, firibgarlik jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlashgashaxsan kafolat beraman.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Fahriddin Jovliyev,Koson tumani prokurori
