Koson tumani hokimi o'rinbosarlari fuqarolar murojaatlarini o'rganmoqda
2026-06-23 13:50:00 / Yangiliklar

Koson tumani Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash bo'yicha alohida tizim tashkil etilgan bo'lib, har bir masala alohida nazoratga olinadi. Jumladan, muammolarni hal etish va fuqarolarga huquqiy tushunchalar berish maqsadida tuman hokimi o'rinbosarlarining sayyor qabul kunlari belgilangan.
Qabul kunlarda barcha o'rinbosarlar fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaati yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirishmoqda.






