Koson tumani IIB boshlig‘ining jinoyatchilik oldini olish bo‘yicha murojaati
2026-06-02 14:50:00 / Yangiliklar

Koson tumani IIB boshlig‘i polkovnik Mirzayev Boboraxim Egamberdiyevichning 2026-yilning may oyi davomida tuman hududida sodir etilgan jinoyatchilik haqida tuman fuqarolariga murojaati.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalardan biridir.
Hurmatli tuman aholisi !
Shu o‘rinda, Koson tumanida 2026 yil may oyida sodir etilgan jinoyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tsam.
Jumladan, 2026 yilning may oyi davomida jami qayd etilgan umumiy jinoyatlar (195-356) 161 taga yoki 82,5 foizga oshgan.
Jinoyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida,
-o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar 10,0 foizga (10/11) 1 taga,
- og‘ir turdagi jinoyat 131,2 foizga (109/252) 143 taga,
-uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat 47,6 foizga (34/50) 16 taga,
-ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat 2,38 foizga (42/43) 1 taga oshib ketishiga yo‘l qo‘yildi.
Qayd etilgan jami 356 ta jinoyatlardan 233 tasi kiber sohasida sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 151 taga yoki 184,1 foizga oshib ketgan.
Jami jinoyatlarning:
– 54 tasi (15,1 %) oldini olish mumkin bo‘lgan;
– 69 tasi (19,3 %) aniqlanadigan;
– 233 tasi (65,4 %) axborot texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etadi.
Shuningdek, oldini olish mumkin bo‘lgan jami 54 та (jami jinoyatlarning 15,1 foizi) jinoyatlar hisobga olinib, o‘tgan yilga nisbatan -1 taga yoki -1,82 foizga (55/54) kamaygan bo‘lsada, biroq salmog‘i yuqoriligacha qolmoqda.
Oldini olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni turlari bo‘yicha tahlil qilinganida,
- o‘g‘irlik jinoyati (15/13) -2 taga yoki -13,3 foizga,
- firibgarlik jinoyati (10/7) -3 taga yoki -30,0 foizga,
- o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati (4/2) -2 taga yoki 50,0 foizga,
- yengil tan jarohati yetkazish jinoyati (8/2) -6 taga yoki 75,0 foizga,
- oilaviy zo‘ravonlik jinoyati (2/1) -1 taga yoki 50,0 foizga kamaygan bo‘lsada,
- qasddan odam o‘ldirish jinoyati 100 foizga (0/2) taga,
- og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati 50 foizga (2/3) taga,
- nomusga tegish jinoyati 50 foizga (2/3) taga,
- bosqinchilik jinoyati 100 foizga (0/1) taga,
- bezorilik jinoyati 100 foizga (0/2) taga,
- transport vositasini olib qochish jinoyati 100 foizga (0/1) taga,
- Jami yo‘l-transport hodisasi 20 foizga (5/6) 1 taga oshib ketishiga yo‘l qo‘yildi.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida ayrim turdagi jinoyatlar kamayishiga erishilgan bo‘lsada, biroq ayrim turdagi jinoyatlar oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Ayniqsa, Axborot texnologiyalari vositasida sodir etilgan jinoyatlar soni 233 tani jami jinoyatning 64,4 foizini tashkil qilmoqda.
Ayni kunlarda sodir etilayotgan har 2 ta jinoyatning 1 tasi kiber sohasida sodir etilayotgan jinoyatlarni tashkil qilmoqda.
Ushbu jinoyatlarning asosiy salmog‘i (65,4%)ni, shundan o‘g‘irlik (233 tadan 120 tasi 51,5 %), firibgarlik (233 tadan 108 tasi 46,3 %) orqali sodir etilgan.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni hozirgi kunga global muammolardan biri hisoblanadi.
Bundan buyon, asosiy e’tiborni sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarni asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish masalasiga qaratamiz, kelgusida har bir mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning asl sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Dunyo miqiyosida axborot texnologiyalarining rivojlanishi, XXI asr – axborot texnologiyalar asri bo‘lganligi, insonlarga qanchalik qulay bo‘lgan bo‘lsa, shunchalik ularning hayoti va shaxsiy ma’lumotlariga bo‘lgan xafvsizlikning kamayishiga olib keldi. Insonlar o‘rtasida elektron pullar ishlatilib ularning qancha qulayligi ortgan bo‘lsa, ularga nisbatan hujum ham shu darajada ortdi. Aynan ushbu sohalardagi xafvsizlik “Kiberxavfsizlik” bilan ta’minlanadi.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni hozirgi kunga sezilarli darajada oshdi. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi bu jinoyatni shaxs masofadan sodir qiladi, inson bu jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaydi, bu jinoyatda inson hayotiga emas balki ma’lumotlariga hujum bo‘ladi. Shuning uchun bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun mamlakatda samarali ish olib boruvchi organlar tizimini yaratishni taqozo qiladi.
Hozirgi kunda, Koson tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib chiqilganda fuqarolar tomonidan telegram ilovasi orqali kelgan “sudga chaqiruv xati.apk” hamda “bu sening fotosuratlaring.apk” nomli zararli ilovalarni o‘z telefon apparatlariga yuklab olganligi sababli plastik kartalarida bo‘lgan pul mablag‘lari yechib ketilayotganligi va “uyda o‘tirib Treding orqali oson pul topishingiz mumkin” mazmundagi har xil yolg‘on xabarlarga ishonib ularning o‘zlari pul mablag‘lari tashlab berib aldanib qolayotganligi sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, har bir fuqaro o‘zini va yaqinlarini kiberfiribgarlik va raqamli tahdidlardan himoya qila olishi uchun quyidagi asosiy tavsiyalarni yodda tutishi zarur quyida keng tarqalgan firibgarlik usullarini eslatib o‘taman:
Kiberjinoyatlardan himoyalanishda sizning hushyorligingiz va ogohligingiz juda muhimdir.
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Bugungi kunga kelib, kiberfiribgarlar ijtimoiy tarmoq orqali fuqarolarni ishontirish yo‘li bilan turli xildagi mol-mulklarini qo‘lga kiritmoqdalar.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ularni “issiq izidan” fosh etish va fuqarolar kiber savodxonligini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan fuqarolarimiz tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar soni yuqoriligacha qolmoqda.
Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qarori bilan “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat qabul qilinib, mamlakatimizda kiberxavfsizlikni ta’minlashning normativ-huquqiy, tashkiliy va profilaktik asoslari mustahkamlandi.
Kiberjinoyatlardan jabrlanib qolmaslik uchun doimiy ravishda pul evaziga nomingizga bank plastik kartasi ochib, firibgarlar tomonidan taklif qilinayotgan arzon narxdagi mol-mulklarni sotishni bildirib, plastik kartalar orqali pul mablag‘larini o‘zlashtirib olayotganliklarini unutmang.
Yaqin tanishlaringizning akkauntidan ”sudga chaqiruv xati”, “Sening rasmlaring”, “Tuyga taklifnoma” kabi boshqa nomlar ostida kelayotgan zararli “Ark” ilovalar va shubhali havolalarni ustiga bosmang va mobil qurilmangizga o‘rnatmang.
“Bank xodimi” niqobi ostida qo‘ng‘iroq qilib, kredit, fond mablag‘iyoki pensiya tayinlash bahonasida shaxsiy ma’lumotlaringizni so‘rashlari mumkin. Unutmang: hech qachon pasport raqami, karta ma’lumotlari yoki suratlaringizni notanishlarga yubormang.
Ijtimoiy tarmoqdagi kanal va guruhlarda qisqa muddatda pulingizni bir necha barobarga ko‘paytirib berishni va’da qilayotgan o‘zini soxta treyder, biznesmen, bukmeyker va boshqa soha vakili sifatida tanishtirayotgan firibgarlarga ishonib qolmang.
Onlayn savdo platformalarida bahosi o‘z narxidan ancha arzon qilib ko‘rsatilgan buyumlarga xarid qilishga shoshilmang.
Ijtimoiy tarmoqlarda katta miqdordagi oylik maoshi evaziga onlayn ish taklif qilayotgan shaxslar aldoviga uchib shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni begona shaxslarga yubormang.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni hozirgi kunga sezilarli darajada oshdi. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi bu jinoyatni shaxs masofadan sodir qiladi, inson bu jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaydi, bu jinoyatda inson hayotiga emas balki ma’lumotlariga hujum bo‘ladi. Shuning uchun bu kabi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun mamlakatda samarali ish olib boruvchi organlar tizimini yaratishni taqozo qiladi.
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Jinoyatchilikni oldini olishga barchamiz birdek mas’ulmiz!!!
Shu sababli, tumanimizni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirishga o‘z xissangizni qo‘shishingizni, mol-mulklaringizni e’tiborsiz qoldirmasligingizni, shaxsingizga oid ma’lumotlar va bank kartangiz raqamlarini begona shaxslarga bermasligingizni, uy-joy va avtomashina oldi-sotdisida aldanib qolmasligingizni, bir-biringiz bilan ahil va inoq bo‘lish, farzandlaringizni tarbiyasiga befarq bo‘lmasliklaringizni, har qanday jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha zudlik bilan hudud profilaktika inspektori va viloyat IIBning qisqa «102» raqamiga murojaat qilishlaringizni so‘rab qolaman.
Qadrli vatandoshlar, mamlakatimizda tinch va osoyishta hayotni yanada mustaxkamlash, mahallalarimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda yagona kuch bo‘lib, hamjihatlikda harakat qilsak, albatta kelgusida tumanimizni yuqori marralarga erishishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.
