Koson tumani prokurori Fahriddin Jovliyevning tuman aholisiga murojaati
2026-06-02 17:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli tumanimiz ahli !
Tumanimiz hududida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish, fuqarolarimizni huquq va erkinliklarini himoya qilish – doimo eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Tumanda 2026 yil 5 oyida umumiy jinoyatchilik jami 356 (195) ta jinoyatlar hisobga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 161 taga yoki 82,6 foizga oshgan. Mazkur 356 ta jinoyatlarning 233 tasi axborot texnologiyalari sohasidagi, 69 tasi aniqlanadigan va 54 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etdi.
Tumanimizdagi 74 ta mahalladan 2 tasi “qizil”, 18 tasi sariq, 54 tasi yashil toifaga kirdi. Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlarni kamayishiga erishilgan bo‘lsada, ayrim jinoyat turlari o‘sishi kuzatildi. Xususan, hisobot davrida nomusga tegish jinoyati 3 (2) ta sodir etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 taga yoki 50 foizga, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyati 1 (0) ta sodir etilib, 100 foizga oshdi. Jumladan, jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar, xususan, nomusga tegish shaxsga qarshi qaratilgan og‘ir jinoyatlardan biridir.
Jinsiy erkinlikka qarshi huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi subyektlarning muayyan shaxsning jinsiy erkinlikka qarshi qarshi jinoyatlardan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llashga doir faoliyati tushuniladi. Afsuski, o‘tgan davr mobaynida tumanimizda xotin-qizlarga xinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlar salmog‘i ortdi.
Ayrim xotin-qizlarimiz ushbu jinoyatning qurboni bo‘lib qolmoqda. Bu esa, ushbu yo‘nalishdagi profilaktik chora tadbirlar yetarli samara bermayotganidan dalolat beradi. Shu boisdan, jinsiy erkinlikka qarshi jinotlarining oldini olishda huquqni muhoafaza qiluvchi organlarning keng jamoatchilik bilan hamkorligini yanada takomillashtirish lozimligini, shuningdek, jamoat tuzilmalari va fuqarolarimizning barcha turdagi salbiy ijtimoiy illatlarga bo‘lgan murosasizlik hissini shakllantirish, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish shartini keltirib chiqaradi. Qadrli tumanimiz aholisi ! Jinsiy erkinlikka qarshi qarshi qaratilgan huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini tashkil qilishda eng avvalo ushbu turdagi huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, ularni barvaqt oldini olish lozim bo‘ladi.
Yana bir bor shuni alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlashga shaxsan kafolat beraman. E’tiboringiz uchun rahmat!
