Muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi
2026-04-30 17:25:00 / Yangiliklar

Koson tumani hokimi va Davlat xavfsizlik xizmatining Koson tumani bo'limi boshlig'i rahbarligida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Respublikamizning turli harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ularning taklif va muammolari tinglandi. Kulgusidagi rejalari xususida fikr almashildi.
Shuningdek, ayrim yoshlarni ish bilan ta'minlash masalasi muhokama etildi.
Dilshod Nabiyev tayyorladi.



