100-maktabda GRACE dasturi ijrosi o'rganildi
2026-04-10 15:10:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o'rinbosari Umida Tuxtasheva Koson tumani markazidagi 100-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'rganish o'tkazdi. Koson tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo'yicha maktabgacha va maktab ta’limi tizimida GRACE dasturi amalga oshiriladi. GRACE (Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish global resursi) dasturi BMT tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yosh avlodda halollik, adolat va korrupsiyaga qarshi murosasizlik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.
O'rganishlar davomida Umida Tuxtasheva ta'lim dargohi mas'ullari bilan muloqot qildi va yoshlar o'rtasida halollik to'garaklari tashkil etilish bo'yicha o'z tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida davra suhbati o'tkazilib, ular bilan samimiy suhbat qurildi.






