Texnikum bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi
2026-04-03 17:05:00 / Yangiliklar

Koson tumani hokimi va Davlat xavfsizlik xizmati Koson tumani bo'limi boshlig'i bugun tumandagi texnikumlarning bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Dastlab, uchrashuvda xorijda ishlab daromad topayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qilindi. Ular chetelda ishlash bo'yicha o'z tajribalaridan kelib chiqib, yig'ilganlarga tavsiyalar berishdi.Shundan keyin, bir necha tillarni o'rganib, xorijda yashab kelayotgan kosonlik tadbirkor o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Tuman rahbari yoshlar bilan muloqotda o'z tajribasidan kelib chiqib, muhim tavsiyalar berdi. Shuningdek, bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.




