Koson tumani prokurori murojaati
2026-04-03 17:10:00 / Yangiliklar

Koson tumani prokurori Fahriddin Jovliyevning
tuman aholisiga MUROJAATI
Hurmatli tumanmiz ahli !
Muhtaram Prezidentimiz mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda
qonun talablariga so‘zsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bog‘liqdir.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning
yangi mexanizmlari joriy etilayapti.
Shu bois, tumanning har bir ko‘chasida, mahallasida, bozorida, istirohat bog‘ida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratishning manzilli choralari ko‘rilayapti.
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni o‘zimizning oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘yganmiz.
Tumanda 2026 yil 3 oyida umumiy jinoyatchilik jami
211 (114) ta jinoyatlar hisobga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97 taga yoki 85,09 foizga oshgan.
Mazkur 211 ta jinoyatlarning 130 tasi axborot texnologiyalari sohasidagi, 37 tasi aniqlanadigan va 44 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etdi.
Tumandagi 74 ta mahalladan 1 tasi “qizil”, 13 tasi sariq,
60 tasi yashil toifaga kirdi.
Jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar o‘z samarasini bermaganligi oqibatida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar oshib, salbiy ko‘rsatkich qayd etildi.
Xususan, hisobot davrida qotillik jinoyati 1 (0) ta sodir etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 taga yoki 100 foizga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 2 (0) ta sodir etilib 100 foizga, nomusga tegish 1 (0) ta sodir etilib 100 foizga, bosqinchilik 1 (0) ta sodir etilib, 100 foizga, talonchilik 1 (0) ta sodir etilib 100 foizga, bezorilik 1 (0) ta sodir etilib, 100 foizga oshgan.
Shuningdek, jinoyat sodir etishi yoki jinoyat qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan “ijtimoiy profilaktika” tadbirlari samaradorligini oshirish hamda kriminogen vaziyatga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni kunlik joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, oila-turmush darajasidagi maishiy nizolar kunlik tahlil qilinib, shahar hokimining xotin-qizlar masalalalri bo‘yicha o‘rinbosari va mahalla yarashtiruv komissiyalari ishtirokida har birini joyida muhokama qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Biroq, ayrim oilalarda, tanish-bilishlar va qo‘ni qo‘shnilar o‘rtasidagi janjallar og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda.
Xususan, tumanda o‘tgan 3 oy davomida 10 ta oila-turmush darajasidagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.
Jumladan, birgina 18 mart mart kuni sodir etilgan qotillik jinoyati kelib chiqish sabablari tahlil qilinganida er-xotin o‘rtasidagi maishiy janjallar va rashk sabab bo‘lganligi, oqibatda mudhish qotillik jinoyati kelib chiqqanligi aniqlandi.
Oila-turmush darajasidagi jinotlarining oldini olishda avvalo mahalla institutining o‘rni, mahalla yettiligining keng jamoatchilik bilan hamkorligini yana-da takomillashtirish lozimligini, shuningdek, jamoat tuzilmalari va fuqarolarimizning oilaviy va maishiy janjallarnii tub sabablarini aniqlab, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish shartini keltirib chiqaradi.
Qadrli tumanimiz aholisi !
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari,
ko‘mak va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday ko‘rinishiga
chek qo‘yishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni
oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol
hamkorlikka chaqiramiz.
Yana bir bor shuni alohida qayd etamanki, jinoyatning
har qanday ko‘rinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga,
jinoya sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini
taʼminlashga shaxsan kafolat beraman.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
