Sayyor qabul
2026-11-02 16:40:00 / Yangiliklar

Shaxsiy qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Ko'kdala tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Ochilova tomonidan tuman hokimligida fuqarolar uchun shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul davomida 6 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Jumladan, fuqarolar kredit olish, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, uy-joyini ta’mirlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi. Xususan, uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha murojaat qilgan fuqaroning xonadoniga borilib, homiylar ko‘magida muammoni hal etish bo‘yicha kelishib olindi.
Shaxsiy qabul yakunida fuqarolarning muammolarini hamkorlikda va manzilli hal etish, xalq roziligini ta’minlash hamda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
