Sayyor qabul
2026-08-18 16:10:00 / Yangiliklar

Tuman hokimining fuqarolar uchun qabuli bo‘lib o‘tdi
Ko‘kdala tumanida ish kuni bugun ham fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida boshlandi. Tuman hokimi Xurram Djurayev hamda tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.
Qabul jarayonida murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechimlar berildi. Ayrim masalalar esa tegishli tashkilotlar nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, “Oltin dala” mahallasidan murojaat bilan chiqqan bir guruh fuqarolarning masalasi joyiga borib o‘rganildi va murojaat ijobiy hal etildi.
Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan hokimlar faoliyatini yangicha tizim asosida tashkil etish, ularning xalq bilan muloqotini yanada kuchaytirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berilgan. Unga muvofiq, endilikda har bir ish kuni aholi murojaatlarini tinglashdan boshlanishi belgilangan.
Ko‘kdala tumanida mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilayotgan fuqarolar qabuli aholining muammolarini o‘rganish, ularni imkon qadar joyida hal etish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
T.me/Kukdala_uz
