Sayyor qabul
2026-06-25 15:05:00 / Yangiliklar
Ko'kdala tumani hokimi o‘rinbosari Erkin Boboqulovning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli tuman "Xalq qabulxonasi" binosida o‘tkazildi.
Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlaridagi murojaatlar yo'llandi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Ta’kidlash joizki, Ko'kdala tumani "Xalq qabulxonasi" binosida fuqarolar uchun doimiy ravishda shaxsiy qabullar tashkil etib kelinmoqda. Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlarni manzilli hal etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

