Murojaatnoma
2025-12-24 10:45:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish

Ko‘kdala tumani hokimi DjurayevXurram Abdurazikovichning korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman fuqarolariga murojaati
Bugungi kunda korrupsiya nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosiy barqarorligiga, milliy taraqqiyotga to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida mamlakatimizda dadil qadamlar tashlanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z faoliyatining ilk davrlaridanoq korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini yangi bosqichga olib chiqib, bu borada tizimli islohotlarni boshladi. Jumladan, 2017-yil 3-yanvarda u tomonidan OʻRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Mazkur qonun korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash va uning hududiy kengashlari tashkil etilib, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yildi.
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 29-iyundagi PF–6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik korrupsiya holatlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi mustaqil davlat organi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, Davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr) qo‘shildi.
Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 1994 yil 11 maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1997 yil 28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Ko‘kdala tuman prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ko‘kdala tuman ichki ishlar bo‘limi tuman adliya bo‘limi tomonidan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Adliya bo‘limiga aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida malakali mutaxassislar ishtirokida Qonunlar, Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari va Adliya vazirligi hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Qolaversa, Xalq deputatlari Ko‘kdala tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilot va korxonalarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar muntazam tashkil etilib, aholiga ushbu illatning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Qolaversa, Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 18-iyuldagi B-01-12/344-sonli bayonnomasi bilan belgilangan chora-tadbirlar rejasini ijro etish maqsadida 2025-yil 29-iyul kuni “Ko‘kdala tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi hokim qarori qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki nazorat tizimini takomillashtirish, profilaktika va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, hamda bu yo‘nalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish vazifalari tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi zimmasiga yuklatildi.
Shu asosda tuman hududidagi tashkilot va muassasalarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda, aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida ommaviy yig‘ilishlarda tushuntirish ishlari olib borilib, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda axborot eslatmalari va targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.
Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, “Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan maishiy korrupsiyaga barham berish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini shakllantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ijrosi to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari tuman Kengashi qaroriga muvofiq, tibbiyot sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab olindi. Mazkur loyiha doirasida sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarini oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va unga qarshi qat’iy kurashish bo‘yicha kompleks ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, joylarda aholining e’tiborini korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga jalb etish maqsadida chaqiriq va shiorlar, “ishonch telefonlari” raqamlari, targ‘ibot materiallari hamda eslatmalar keng jamoat joylarida joylashtirilmoqda.
Bu boradagi ishlar faol davom ettiriladi.
Hurmatli fuqarolar!
Barchamizga ma’lumki, hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir.
Illatga qarshi kurashishni nimadan boshlash kerak?
Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash darkor. Bu borada rahbarlarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar o‘g‘rilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror topishi, shubhasiz.
Korrupsiya — tamagirlikning yuqori nuqtasi. Unga qarshi kurashish uchun amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi.
Har bir qishloq xo‘jaligi soha xodimlari xalol va vijdonan Mamlakatimiz rahbari belgilab bergan eng asosiy prinsiplarga amal qilib ish faoliyatini olib borsa albatda usha xodimni o‘zida ham oilasida ham doim tinchlik va fayz baraka bo‘ladi shubhasiz. Biz bu kabi jirkanch illatga birgalikda kurashsak avvalo har birimiz xalol, bir tanu bir jon bo‘lsak bizni chetdan turib hech kim ahilligimizga va vijdonimizga rahna sola olmaydi.
Muxtasar aytganda, korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan bo‘lamiz.
Men, Ko‘kdala tumani hokimi sifatida, Siz aziz fuqarolarga murojaat qilib shuni ta’kidlamoqchiman:
Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, sodiqlik; adolatlilik, halollik va xolislik; korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lsakkina - Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi maqsadlarimizga erishamiz
Keling, jamiyatimizda halollik muhitini mustahkamlaylik, farzandlarimiz uchun adolatli va porloq kelajakni birgalikda quraylik!
Xurram Djurayev
