“Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-11-10 13:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati, oilaviy muhit va jamiyat hayotiga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Xususan, giyohvandlikka ruju qo‘yish oqibatida inson hayotida yuzaga keladigan ayanchli holatlar, oilalarning parokanda bo‘lishi, yoshlarning kelajagi barbod bo‘lishi, jinoyatchilik va boshqa salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va kitobxonlik bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda har qanday zararli taklif va ta’sirlarga nisbatan qat’iy munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.


