Kogon tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida manzilli ishlar olib borilmoqda
2026-11-07 18:50:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbirlar doirasida Kogon tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat tartibini saqlash guruhi xodimlari tomonidan belgilangan hududlarda manzilli profilaktik tadbirlar tashkil etilib, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida qonuniylik va huquqiy madaniyatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, aholi gavjum joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda boshqa jamoat maskanlarida xizmat olib borish kuchaytirilib, fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Suhbatlar davomida qonunlarga rioya qilish, jamoat tartibini buzmaslik, turli huquqbuzarliklardan tiyilish va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — tumanda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash hamda aholi uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratishdan iborat.


