Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining Yettinchi chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
2026-11-06 18:50:00 / Majlislar
Bugun, 6-noyabr kuni Kogon tuman hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining yigirma to'qqizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida kun tartibidagi masalalar koʻrib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya ishida tuman hokimi o'rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, jamoat tashkilotlari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullar hisoboti tinglandi.
Jumladan:
1. Kogon tuman mahalliy budjetining 2026-yil to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.
2. Kogon tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga biriktirilgan avtotransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash bilan bog‘liq xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Kogon tumani bo‘yicha 2026–2027-yillarda novegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash to‘g‘risida.
4. Kogon tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
5. “Buxoro suv ta’minoti” AJ Kogon shahar filiali rahbarining ichimlik suvi debitor qarzdorliklarini qisqartirish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2025-yil IV choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti.
6. Kogon tuman hokimining 2026-yil 2-noyabrdagi 322-2-36-Q/26-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.




