Kogon tumani hokimi tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
2026-11-06 22:50:00 / Yangiliklar
Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov tuman ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda tibbiyot birlashmasida bo'lib, muassasada bemorlarni davolash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda foydalanilayotgan zaruriy jihozlar, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hamda dori-darmon vositalarining mavjudligi, shuningdek, muassasadagi sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tuman hokimi muassasada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlanish holati bilan qiziqdi.
Bundan tashqari, tibbiyot birlashmasining qozonxonalari ishchi holati va issiqlik tizimining sozligi ham ko‘zdan kechirilib, muassasada bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.







