Kogon tumanida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-11-05 10:50:00 / Yangiliklar

Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Mavlyanov Muhammad Axmadovichni Kogon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig‘i - lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi tuman hokimining tegishli qarori o‘qib eshittirildi.
Yig'ilishda so‘z olgan tuman hokimi Otabek Qazoqov tuman iqtisodiyotini kompleks rivojlantirish, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, tadbirkorlik uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi mas'uliyatli vazifada tayinlangan hokim o'rinbosariga ulkan zafarlar tiladi.
Ma'lumot uchun, Mavlyanov Muhammad Axmadovich 1984-yilda Kogon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2007-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengilsanoat texnologiyasi instituti hamda 2026-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – Muhandis-texnolog, iqtisodchi.
Tayinlovga qadar Kogon tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.


