Xonadon sharoitida bedanachilikni rivojlantirayotgan tadbirkor ayol!
2026-11-03 09:25:00 / Yangiliklar
Bahouddin Naqshband mahallasi, Orifon ko‘chasida istiqomat qiluvchi Gulnora opa Tillayeva xonadon sharoitida bedanachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda samarali mehnat qilib kelmoqda.

U 2025-yilda dastlab 100 bosh bedana bilan faoliyatini boshlagan bo‘lsa, joriy yilning iyul oyida ish ko‘lamini kengaytirib, bedanalar sonini 3 000 boshga yetkazdi. Natijada, hozirgi kunda kuniga 2 500 donadan ortiq bedana tuxumi yetishtirib, oilaviy daromadini oshirib kelmoqda.
Faoliyatning yana bir muhim jihati shundaki, yetishtirilgan tuxumlar bevosita xonadonning o‘zidan xaridorlarga sotilmoqda. Bu esa mahsulotni iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish, xaridorlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda oilaviy tadbirkorlik daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.




