RASMIY MUNOSABAT
2026-10-30 14:30:00 / Rasmiy munosabat
“Adolat ko‘zgusi” gazetasida “Mas’ul rahbar nega o‘zini chetga olmoqda?” sarlavhasi ostida tanqidiy maqola e’lon qilindi.

Mazkur maqolada Kogon tumani “Janafar” qishlog‘ida yashovchi Muzaffar Qodirovning murojaati yoritilgan bo‘lib, unda otasidan meros bo‘lib qolgan yer maydoni hujjatlarda amaldagiga nisbatan kamaytirilgan holda ko‘rsatilgani bayon etilgan.
Ushbu holat yuzasidan Kogon tumani kadastr bo‘limi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan ayni vaqtda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish natijalari bo‘yicha holatga qonuniy baho berilib, tegishli tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
