RASMIY MUNOSABAT
2026-10-30 10:05:00 / Rasmiy munosabat

Mazkur murojaat yuzasidan tuman mas’ullari tomonidan voqea joyiga chiqilib, holat o‘rganildi. O‘rganish davomida haqiqatan ham O‘rta-cho‘l mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqasiga noma’lum shaxslar tomonidan qurilish chiqindilari noqonuniy ravishda tashlab ketilganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish maqsadida Kogon tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan to‘plangan hujjatlar tuman Ichki ishlar bo‘limiga taqdim etildi.
Shuningdek, hududning sanitariya-ekologik holatini yaxshilash va atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida hosil bo‘lgan chiqindi uyumini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Kelgusida bunday holatlarning oldini olish, hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini ta’minlash hamda ekologik qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
