"PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI" DOIRASIDA "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI
2026-10-08 10:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Uchrashuvda mutasaddi tashkilot rahbarlari, oliy ta'lim bitiruvchi yoshlari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot davomida mas'ullar tomonidan yoshlarning muammo va takliflarini tinglanib, bildirilgan tashabbus va takliflarni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas'ul rahbarlarga ko'rsatmalar berdi.
Jumladan ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan asosan ishga joylashish, tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olish masalalariga oid murojaatlar bildirilib, murojaatlarning aksari shu yerning o'zida hal etildi.
Shuningdek tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarga tijorat banklari tomonidan mavjud imkoniyat va imtiyozlar to'g'risida zaruriy tavsiyalar berildi. Ta'kidlash o'rinliki, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, qolaversa, g'oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda zamin bo'lib xizmat qilmoqda.





