“Kogontumangaz” tomonidan mavsumga tayyorgarlik jarayonlari qanday olib borildi?
2026-10-06 14:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Kogon tumani hamda shahrida yashovchi iste’molchilarning xavfsizligini ta’minlash, gazni xavfsiz yetkazib berish maqsadida tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.

Qilingan ishlarni raqamlarda tahlil qiladigan bo’lsak, bugunga qadar qariyb 2 kmga yaqin gaz quvuri mukammal ta’mirlandi, 10 kmda estetik jihatdan tartibga keltirish ishlari bajarildi, 77 km yer osti gaz quvurining holati tekshirildi. Mavsum davrini betalafot o’tkazish maqsadida 3 ta gaz maromlash qurilmasi yangilangan bo’lsa, 450 tadan ortig’i taftish qilindi, 3 mingga yaqin iste’molchining tabiiy gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o’tkazildi.
Jarayonlar davom etmoqda. Ta’kidlash lozim, amaliy ishlar yakunidan so’ng Kogon shahrining 9 ming hamda Kogon tumanida istiqomat qiluvchi 5 mingdan ortiq iste’molchilarning gaz ta’minoti yanada yaxshilanadi, muhimi esa, xavfsiz yetkazib beriladi.




