Kogon tumanida elektr energiya ta’minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida.
2026-10-05 15:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Joriy 2026-2027-yilgi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish va tarmoqlardagi yuklamalarni barqarorlashtirish borasida quyidagi yirik ko‘rsatkichlarga erishildi.
Transformator punktlari va yangi tarmoqlar:
🔹"Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla", "Og‘ir mahallalarni rivojlantirish" dasturlari hamda "OPEK" mablag‘lari hisobidan jami 32 ta transformator punkti, 87 km yangi havo tarmoqlari hamda 2 917 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi.
Joriy va mukammal ta’mirlash ishlari:
🔹Korxona balansidagi 247,9 km past va yuqori elektr uzatish tarmoqlari to‘liq joriy ta’mirlanib, egilgan tayanchlar to‘g‘rilandi, yaroqsiz travers va izolyatorlar almashtirildi, osilgan simlar qayta tortildi.
🔹Rejadagi 53 dona transformator punkti va 151,3 km 10/0,4 kV li havo tarmoqlari mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda yana 138 dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Avariya holatlarining oldini olish va zaxira bazasi:
🔹Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish uchun 4 ta maxsus avariya tiklash brigadasi va 4 dona maxsus texnika shay holatga keltirildi.
Shuningdek, tuman elektr ta’minoti korxonasi markaziy omborida 2 dona transformator, 300 m sim, 200 litr transformator moyi, 5 dona mufta, 50 metr kabel hamda 7 dona temir-beton tayanch iborat mustahkam avariya zaxirasi yaratildi.
Umuman olganda Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanda elektr energiya ta'minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan avariyaviy holatlarni oldini olish bo'yicha zaruriy choralar ko'rilmoqda.
