TARAQQIYOT MAHALLASIDA XIZMAT KO'RSATISH VA SOHIL BO'YI MASKANI BARPO ETILMOQDA
2026-09-15 14:30:00 / Yangiliklar
Taraqqiyot mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi "Qo‘ng‘irot" kollektori atrofida ayni kunda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish hamda bunyodkorlik ishlari natijasida ushbu hudud bugungi kunda samarali va ko‘p tarmoqli maskanga aylanmoqda.

Ilgari asosan texnik ahamiyatga ega bo‘lgan kollektor endilikda nafaqat suv chiqarish vazifasini bajaradi, balki mahalliy aholi uchun muhim iqtisodiy va ijtimoiy manbaga ham aylanib bormoqda.
Jumladan ayni paytda kollektorning 0,9 km uzunlikdagi qismida obodonlashtirish hamda zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlashga qaratilgan qurilish-montaj ishlari ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha hududning mavjud holatini yaxshilash, kollektor atrofini tartibga keltirish, piyodalar va transport harakati uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, aholi va tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy sohil dam olish hamda xizmat ko‘rsatish maskanlarini barpo etishni nazarda tutadi.



