Qoramollarni chaqadigan hasharotlardan himoya qilishning samarali usuli
2026-10-10 13:25:00 / Yangiliklar
Kogon tumanida qoramollarni qon so‘ruvchi va chaqadigan hasharotlardan himoya qilish maqsadida ularga zebrasimon chiziqlar tushirish usuli amaliyotga joriy etilmoqda.

Mazkur usulda qoramollar tanasiga oq-qora rangdagi chiziqlar tushirilishi orqali hasharotlarning hayvonga qo‘nishi va chaqishining oldini olish ko‘zda tutiladi.
Ushbu tajriba chorva mollarini parvarishlashda muqobil va innovatsion himoya usullaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

