Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
2026-10-07 14:50:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tijorat banklari rahbarlari, sohaga mas’ul rahbarlar hamda mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumandagi tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, faoliyatini to‘xtatgan korxonalarni qayta tiklash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, shuningdek, sanoat zonalaridagi mavjud bo‘sh joylarga yangi tadbirkorlik subyektlarini jalb etish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga har bir tadbirkorlik subyekti bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, faoliyatini to‘xtatgan korxonalarning muammolari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda tegishli ishlar tashkil etildi. Belgilangan vazifalarning ijrosi nazoratga olindi.





