RASMIY MUNOSABAT
2026-09-24 16:20:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lning holati yuzasidan tanqidiy videomurojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaatda aks etgan hudud Kogon tumanining “Istiqbol” mahallasi hududiga tegishli bo‘lib, ayni kunda ushbu yo‘lda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qaroriga asosan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda uzunligi 3 kilometrdan ortiq bo‘lgan yo‘lni asfaltlashtirish rejalashtirilgan mazkur obyektda “Romitan YMFK” DM yo‘lsozlari tomonidan yo‘lning asos qismini qurish ishlari olib borilmoqda.
Yaqin kunlarda yo‘lning asos qismini qurish ishlari to‘liq yakunlanib, asfaltlashtirish ishlari boshlanadi.
Shuningdek, loyiha doirasida yo‘lni asfaltlashtirish bilan bir qatorda, 3 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi barpo etilishi hamda muqobil energiya manbalari asosida ishlovchi zamonaviy LED yoritish moslamalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Qurilish-ta'mirlash ishlari to'liq yakunlangach, hudud aholisi, xususan, ta’lim muassasasiga qatnovchi o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratiladi.
