XO'JA-YAKSHABA MAHALLASI ICHKI YO'LLARINING 3,2 KM QISMI ASFALTLASHTIRILDI
2026-09-10 13:20:00 / Yangiliklar

Jumladan, 2026-yilgi “Tashabbusli budjet – 1-mavsum” doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan va eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalardan biri – “Xo'ja-yakshaba” mahalla fuqarolar yig‘ini Naymancha, O'rtakent hamda Xo'ja-yakshaba qishloqlari ichki yo‘llarini asfaltlashtirish loyihasi to‘liq amalga oshirildi.
Mazkur loyiha doirasida qishloq hududidagi 3,2 kilometr ichki yo‘llar zamonaviy talablar asosida asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi. Qurilish-montaj ishlari "Zero start omad" MChJ yo'lsozlari tomonidan belgilangan qurilish me’yorlari va texnik talablarga qat’iy rioya etilgan holda bajarildi. Loyiha qiymati 1 milliard 467 million so‘mni tashkil etdi.
Ta'kidlash o'rinliki, ushbu loyiha natijasida mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratildi. Kogon tumanida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sifatini oshirish hamda mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga xizmat qilmoqda.





