"O'ZBEKISTON" HAMDA "GEOFIZKA" MAHALLALARIDA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH VA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-08 09:25:00 / Yangiliklar

Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi mas’ullar ushbu mahallalar yettiligi bilan muloqot qilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Mas'ullarga ishsiz hamda kambag'allik reestrida ro'yhatda bo'lgan oilalar bilan «oilabay» ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, doimiy daromad manbalarini yaratish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Tuman hokimi har bir oila bilan manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va har bir xonadon kesimida amaliy natijaga erishish muhimligini alohida ta’kidladi.





