Bunyodkorlik nafasi| 13-umumta'lim maktabi yangicha qiyofa kasb etmoqda!
2026-09-07 10:25:00 / Yangiliklar

Jumladan, tumanning Mustaqillik mahallasida joylashgan 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining quvvati 320 o‘rinni tashkil etgani sababli o‘quvchilar shu vaqtgacha ikki smenada tahsil olayotgan edi. Mazkur noqulaylikni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish hamda maktab quvvatini oshirish maqsadida Investitsiya dasturi doirasida 3 milliard 940 million so‘m mablag‘ evaziga "Solo Energy Qurilish" MChJ tomonidan ikki qavatli, 180 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino bunyod etildi.
Yangi binoning e’tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, u inklyuziv ta’lim talablari asosida barpo etilgan. Xususan, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun nishab yo‘laklar, lift, maxsus sanitariya xonalari hamda qulay kirish-chiqish yo‘laklari tashkil etilib, barcha o‘quvchilar uchun teng va qulay ta’lim olish imkoniyati yaratildi.
Bugun ushbu zamonaviy ta’lim maskaniga ega bo'lishayotgani uchun maktab jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari cheksiz mamnun bo‘lmoqdalar. Yaratib berilayotgan bunday sharoitlar ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning bilim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiladi.






