Kogon tumanida "Bilimlar kuni" ko‘tarinki ruhda nishonlandi!
2026-09-02 11:35:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda hudud nuroniylari, maktab jamoasi, faxriy o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari hamda ustoz-murabbiylariga Bilimlar kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tuman hokimi Otabek Qazoqov maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji o‘quvchilarni samimiy qutlab, ularga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, mustahkam bilim va ulkan zafarlar tiladi.
Shuningdek tadbir davomida turli sport musobaqalarida faxrli o'rin egallagan, bir guruh o'quvchilar tuman hokimi hamda nuroniylar tomonidan tantanali taqdirlandilar.
Ta'kidlash o'rinliki, bilimlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida yanada katta marralarni zabt etish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish va kelajak sari dadil qadam tashlash uchun ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Yangi o‘quv yili barchaga bilim, izlanish, yutuq va yangi imkoniyatlar olib kelsin!
Ma'lumot uchun joriy o'quv yilida Kogon tumanida 1 ming 499 nafar bolajon ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi.








