Jondorlik nuroniylar va yoshlar Kogon tumaniga tashrif buyurishdi
2026-08-26 16:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tumanimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. O’tgan haftada tumanimiz nuroniylari va yoshlari Jondor tumaniga tashrif buyurib, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etishgan edi.

Bugun ushbu tadbirlarni davomi sifatida Jondor tumani nuroniylari va yoshlari tumanimizga yetib kelishdi. Tashrif doirasida ishtirokchilar muqaddas qadamjolar hamda Istiqlolimizning 35 yilligi arafasida qad rostlayotgan mustaqillik inshootlarida bo'lib, tumanimizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni guvohi bo'lib, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etishdi.
Shuningdek sayohat davomida tuman yoshlar va nuroniylar o‘rtasida samimiy muloqot, tajriba almashish, ustoz-shogird an’anasini rivojlantirishga qaratilgan suhbatlar ham tashkil etildi.
Kun davomidagi tadbirlarning navbatdagi manzili “Nur hayat” tantanalar majmuasi bo‘ldi. Bu yerda bir piyola choy ustida nuroniylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.







