MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI KOGON TUMANIDA KENG NISHONLANDI!
2026-08-25 14:30:00 / Yangiliklar
Bugun tumanda joylashgan "Markaziy o'yingohda" Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan – yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz!”degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbirning asosiy qismi boshlanishidan oldin O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuylandi.
So'ngra tuman hokimi Otabek Qazoqov kogonliklarni qolaversa tumandoshlarimiz zamirida barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan qutlab, yurtimiz tinch, Mustaqilligimiz abadiy bo'lishini tiladi.
Shundan so'ng tadbirda bir-biridan qiziqarli tomoshalar shuningdek tuman madaniyat bo'limi tomonidan tayyorlangan chiqishlar yig'ilganlarga zavq-shavq ulashdi.
Tantanali bayram tadbiriga kutilgan mehmon elimiz suygan xushovoz xonanda Og'abek Sobirov tashrif buyurib, do'zining iltor qo'shiqlari bilan ishtirokchilar qalbiga mayram shukuhini ulashdi.









