Hurmatli tumandoshlar!
2026-08-22 14:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning, 25-avgust kuni soat 19:00 dan boshlab tumandagi “Markaziy o‘yingoh”da Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan – yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tantanali bayram tadbiri o‘tkaziladi.

Bayram tadbirida turli konsert dasturlari, so'z ustalari chiqishlari va eng asosiysi xalqimiz suygan san’atkor, xush ovoz xonanda Og'abek Sobirov o‘zining diltortar san’ati bilan tumanimiz aholisiga xush kayfiyat ulashadi. Shuningdek tantanali tadbir yakunida bayramona mushakbozlik(salyut) ham tashkil etiladi.
Mustaqilligimizning 35 yillik to‘yi munosabati bilan tashkil etilayotgan ushbu bayram tadbiriga barcha-barchani lutfan taklif etib qolamiz!
