Kogon tumanida obodonlashtirish va bunyodkorlik nafasi har bir mahallaga kirib bormoqda!
2026-08-10 09:00:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida mahallalarda yo'llar va piyodalar yo'laklari tartibga keltirilmoqda, ariq-zovurlar tozalanmoqda, xonadonlar estetik holati yaxshilanmoqda, yashil hududlar kengaytirilmoqda. Qolaversa, ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlar atrofi obodonlashtirilib, aholi uchun yanada qulay va shinam muhit yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mazkur ishlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, korxona va tashkilotlar jamoalari hamda ko'ngilli fuqarolar faol ishtirok etmoqda. Ularning birdamligi va tashabbuskorligi tufayli har bir mahallada sezilarli o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu esa aholining kayfiyatini ko'tarib, mahallalarning yanada fayzli va zamonaviy qiyofa kasb etishiga xizmat qilmoqda.
Obodonlashtirish ishlari nafaqat hududlar ko'rkini oshirmoqda, balki ekologik muhitni yaxshilash, sanitariya-tozalikni ta'minlash va aholi salomatligini mustahkamlashda ham muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ko'kalamzorlashtirish tadbirlarining kengayishi kelajak avlod uchun sog'lom va musaffo muhit yaratishga zamin bo'lmoqda.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimizning birdamligi, mehnatsevarligi va Vatanga bo'lgan cheksiz mehrining yana bir yorqin ifodasidir. Tumanimiz mahallalarida davom etayotgan ushbu ezgu tashabbuslar yurtimiz taraqqiyoti va obodligi yo'lidagi sa'y-harakatlarning amaliy natijasini yaqqol namoyon etmoqda.



