Kogon tumanida bog‘ va tokzorlar barpo etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
2026-08-15 13:05:00 / Yangiliklar
Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish, yuqori hosildor hamda intensiv bog‘lar tashkil etish maqsadida Kogon tumanida bog‘lar va tokzorlarni barpo qilish bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqildi.

📌 Tavsiyanomada quyidagi muhim yo‘nalishlar qamrab olingan:
▪️Yer maydonini ko‘chat ekishga tayyorlash;
▪️Ko‘chatlarni to‘g‘ri ekish va parvarishlash;
▪️Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish;
▪️Shakl berish, o‘g‘itlash va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
▪️Kogon tumani uchun tavsiya etiladigan meva va uzum navlari hamda ularning ekish sxemalari.
🌱 Ilmiy asoslangan ushbu tavsiyalarga amal qilish bog‘ va tokzorlar hosildorligini oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda eksportbop mahsulotlar yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
