"Bir nuroniy—o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Kogon tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
2026-08-01 10:30:00 / Yangiliklar
So‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlodni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Keksalarni izzat-hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ko‘p yillik tajribalari, bilimi va salohiyatini yosh avlod kamoloti yo‘lida safarbar etish xalqimizga xos oliy qadriyatdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq "Bir nuroniy—o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Kogon tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
"Bir nuroniy—o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi uch shartdan iborat bo‘lib, unda o‘z samarali faoliyati bilan yetakchiligini namoyon qilgan keksa, nuroniylar chiqishlari hakamlar hay’ti tomonidan baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Hukumatobod” mahallasi nuroniysi 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Gʻoliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


