Kogon tumanida "Xavfsiz va sog'lom yurt" profilaktik tadbiri doirasida yo'riqnoma o'tkazildi
2026-07-29 21:45:00 / Yangiliklar

Yig'ilishda tuman hokimi Otabek Qazoqov, viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari Jonibek Boltayev so'zga chiqib, mazkur oylik davomida qat'iy amal qilinishi kerak bo'lgan vazifalarga alohida to'xtalib o'tdilar. Ishtirokchilarga hududda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning har qanday ko'rinishiga nisbatan keskin va murosasiz munosabatda bo'lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qonunbuzarlik holatlarining barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash va jamoat tartibini saqlashda barcha davlat va jamoat idoralari o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta'kidlanib, mas'ullarga profilaktik tadbirni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tegishli ko'rsatma va topshiriqlar belgilab berildi.




