KOGON TUMAN HOKIMLIGI RAHBARIYATINING NAVBATDAGI SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
2026-08-12 18:00:00 / Yangiliklar
Bugun — 12-avgust kuni tasdiqlangan reja-grafik asosida Kogon tuman hokimligi rahbariyati tomonidan Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi shaxsiy qabullar o‘tkazildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilinib, tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tuman hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Hamroyev ishtirokida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.


