RASMIY MUNOSABAT
2026-08-07 10:50:00 / Rasmiy munosabat

Bugungi kunda mazkur magistral yo'lda transport infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil yo‘lini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida ushbu G‘uzor–Nukus–Beynov A380 magistral yo'lining Kogon tumanidan o'tuvchi 14 km masofasida ham yo‘l infratuzilmasi tubdan yaxshilanmoqda.
Shuningdek, harakat xavfsizligini oshirish va transport oqimining uzluksizligini ta’minlash maqsadida 2 ta piyodalar uchun yer osti tunneli barpo etildi. Ayni paytda obyektda zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatilib, yakuniy jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlari to‘liq yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirilgach, yo‘l harakati yangi loyiha va belgilangan standartlar asosida tartibga solinib, transport vositalari va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitlari yaratiladi.
Aholidan rekonstruksiya ishlari yakuniga yetguniga qadar yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashishlarini so‘raymiz.
