Obodonlashtirish va bunyodkorlik nafasi har bir mahallaga kirib bormoqda!
2026-07-23 15:50:00 / Yangiliklar
Xabar berganimizdek, Kogon tumanida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Mustaqillik bayramini munosib kutib olish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, temir yo‘lga tutash hududlar, mahallalar, markaziy ko‘chalar, avtomobil yo‘li yoqalari hamda ijtimoiy soha obyektlari atroflari chiqindilar va begona o‘tlardan tozalanib, sanitariya va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Shuningdek jarayonlar davomida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, xonadonlar va ko‘chalar ozodaligini saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, hovli hamda uy-joylar atrofini tartibli saqlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Albatta bundan ko'zlangan asosiy maqsad mahallalar hududlarida aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda hududlarning estetik qiyofasini yanada yaxshilashdan iborat.



