KOGON TUMANI HOKIMINING SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
2026-07-22 15:55:00 / Yangiliklar

Bugun, 22-iyul kuni Kogon tumani hokimi Otabek Qazoqov tumanning "Tutkunda" mahalla binosida aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida sayyor qabuli bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi o'rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va korxonalar mutasaddilari ishtirok etdi.
Qabulga tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan kadastr masalasi, sog'ligini tiklash uchun yordam, bola puli tayinlash masalasi, ishga joylashish va boshqa masalalarga oid bildirilgan murojaatlar birma-bir muhokama qilindi.
Murojaatlar o‘rganilib, qolgan masalalar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga muhim topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi. Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar natijasida, hududlarda aniqlangan ijtimoiy masalalarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ijtimoiy muammolar o‘z yechimini topmoqda.



