G‘o‘za maydonlari karantin dala nazoratidan o‘tkazilmoqda
2026-07-22 13:30:00 / Yangiliklar
Kogon tumanida g‘o‘za maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar va kasalliklarga qarshi tadbirlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilishini tashkil qilish, shuningdek, ushbu tadbirlar bo‘yicha nazoratni o‘rnatish maqsadida Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Kogon tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada tumanda har bir fermer xo‘jaliklari mas’ullari bilan uchrashib, mavjud g‘o‘za maydonlari karantin dala nazoratidan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga fermer va dehqon xo‘jaliklari egalariga zararkunandalarga qarshi uyg‘unlashgan kurash, agrotexnik, biologik va kimyoviy choralarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
