MEHNAT YARMARKASI KOGONLIK YOSHLAR VA ISHSIZ AHOLI UCHUN AHAMIYATLI BO'LDI!
2026-07-23 18:30:00 / Yangiliklar

Kogon tuman hokimligi hamda tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur yarmarkada 50 dan ortiq davlat hamda xususiy sektor korxona va tashkilotlari o'zlarining 1500 ga yaqin bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.
Tadbirga qatnashgan fuqarolarning 80 nafari doimiy bandligi ta'minlanib, ishga joylashgan bo'lsa, 35 nafar qatnashchilarga xoxish-istaklaridan kelib chiqib kasb-hunarga o'qitish bo'yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Shuningdek “Mehnat yarmarkasi” davomida tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit paketlari vositasida fuqarolar talabi doirasida bir nechta turdagi texnikalar taklif qilinib, shu joyning oʻzida tanlov qabul qilgan fuqarolarga rasmiylashtirib berildi.
Tadbir davomida tuman hokimi Otabek Qazoqov yarmarkaga tashrif buyurgan bitiruvchi yoshlar hamda ishsiz fuqarolar bilan birma-bir uchrashib, ularni doimiy ish o'rni bilan ta'minlash bo'yicha mas'ullarga ko'rsatma va topshiriq berdi.
Shuningdek yarmarka doirasida tumandagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga ishlash istagini bildirgan fuqarolar uchun shu kunning oʻzida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida transport tashkil qilindi.







