KOGON TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI MIGRATSIYA VA PERSONALLASHTIRISH GURUHI OGOHLANTIRADI!
2026-07-16 11:55:00 / Yangiliklar

Ro‘yxatdan o‘tishning qat’iy muddatlari:
🇺🇿 O‘zbekiston fuqarolari hamda respublikada doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yashash yoki turgan joyi o‘zgargan taqdirda — yangi joyga kelgan kunidan e’tiboran 10 ish kuni ichida;
✈️ O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarolari respublikaga kirib kelgan taqdirda — O‘zbekistonga kirgan kunidan e’tiboran 10 ish kuni ichida;
🌐 Boshqa davlatlar hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasiga kirgan kunidan e’tiboran 3 ish kuni ichida (agar xalqaro shartnomalar yoki qonunchilikda boshqacha muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa) turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
⚠️ Qonunbuzilishining huquqiy oqibatlari va javobgarlik:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223 va 225-moddalariga muvofiq:
Belgilangan muddatlarda yashash yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmaslik, pasport tizimi qoidalarini buzish fuqarolarga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Uy-joy, bino yoki inshoot egalari (ijaraga beruvchilar) tomonidan ro‘yxatdan o‘tmagan yoxud shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqarolarga yashash maydoni berish yoki chet el fuqarolarining yashash qoidalarini buzishiga sharoit yaratish ham qonuniy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
💡 Eslatma: Turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun tuman Davlat xizmatlari markazlari (Yagona darcha), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki bevosita hududiy Migratsiya va personallashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishingiz mumkin.
O‘zingiz va yaqinlaringizning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik hamda ma’muriy javobgarlikka tortilish holatlarining oldini olish uchun ro‘yxatdan o‘tish choralarini o‘z vaqtida va kechiktirmasdan ko‘rishingizni so‘raymiz!
Qonunga rioya qilish — tinchlik va osoyishtalik garovidir.
Kogon tumani IIB Migratsiya va personallashtirish guruhi.
