KOGON TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SHAXSIY QABULI BO‘LIB O‘TDI
2026-07-15 18:50:00 / Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish orqali mavjud muammolarni aniqlash, ularni bеvosita joyida bartaraf etish maqsadida Kogon tuman hokimi Otabek Qazoqovning Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi o'rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va korxonalar mutasaddilari ishtirok etdi.

Qabulga tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan bola puli tayinlash masalasi, salomatligini tiklash uchun yordam masalasi, tadbirkorlik qilish uchun joy masalasi, kadastr masalasi, uy ta'miri uchun qurilish materillari olishda yordam va boshqa masalalarga oid bildirilgan murojaatlar birma-bir muhokama qilindi.
Murojaatlar o‘rganilib, qolgan masalalar yechimi yuzasidan tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga muhim topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi. Aholi bilan bunday ochiq muloqotlar natijasida, hududlarda aniqlangan ijtimoiy masalalarning aksariyati joyida bartaraf etilib, ijtimoiy muammolar o‘z yechimini topmoqda.



