Kogon tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Davraga kel, dugonajon!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2026-07-10 11:55:00 / Yangiliklar
Tadbirda qizlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, sport va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun mavjud sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, zamonaviy kasblarni egallash, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishning afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni internet tarmog‘ida uchraydigan zararli axborotlar va g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, media madaniyatni yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli va samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.


